Skip to content

Tarjimalar

Platon Platformasida ma'lumotlarni turli xil tillarda ko'rsatish bo'limi

Tarjimalar


Platon platformasidagi Tarjimalar bo'limidan web-sahifadagi ma'lumotlarni 4 xil til (kirill alifbosidagi o'zbek tili, rus tili, lotin alifbosidagi o'zbek tili va ingliz tili) da aks ettirish uchun foydalaniladi.

Tarjimalar video darsligi

Tarjimalar funksionalini ochish uchun platon platformasining navigatsiya panelidagi Tarjimalar bo'limiga o'tiladi.

Tarjima bosh sahifa

Tarjimalar moduli quyidagi tugmalardan iborat:

  • frontend uchun tarjima qo'shish - ushbu tugmadan yangi tarjima qo'shish uchun foydalaniladi. Tugma bosilganida quyidagi oyna ochiladi:

Tarjima qo'shish frontend uchun

Ochilgan oyna quyidagi yacheykalardan iborat:

  • key - yaratilayotgan tarjima nomi, shuningdek, ushbu nom tarjima qilinayotgan sahifaning js yacheykasida kod yozish uchun foydalaniladi:

Tarjima sahifa js maydonida ishlatilishi

  • value1-uz - sahifa ma'lumotlarining kirill alifbosidagi o'zbek tili dagi shaklini yozish uchun foydalaniladi;

  • value2-ru - sahifa ma'lumotlarining rus tili dagi shaklini yozish uchun foydalaniladi;

  • value3-la - sahifa ma'lumotlarining lotin alifbosidagi o'zbek tili dagi shaklini yozish uchun foydalaniladi;

  • value4-en - sahifa ma'lumotlarining ingliz tili dagi shaklini yozish uchun foydalaniladi;

  • description - tarjima uchun ta'rif yokida qayd yozish uchun foydalaniladi;

  • Backend topish va keshni yangilash - ushbu tugmani bosish orqali "backend" tizimi avtamatik tarzda keshni yangilaydi.