Skip to content

Cron (Schedule)

Platon Platformasida rejalashtirilgan amallarni boshqarish bo'limi

Cron (Schedule)


Platon platformasidagi Cron (Schedule) vazifasi - muayyan vaqt oralig'ida berilgan so'rovnomani bajarish. Ushbu shakllantirilgan Navigatsiya paneli (yoki Menyular ro'yxati) ni foydalanuvchi talabiga ko'ra moslashtirish imkoniyati mavjud.

Cron (Schedule) imkoniyatidan foydalanish uchun platon platformasi ning navigatsiya ro'yxatidagi Cron (Schedule) bo'limiga o'tiladi.

Cron bosh sahifa

Cron yangi cron qo'shish

  • Nomi - Cronning nomi unique (yagona) bo'lishligi kerak.
  • CRON formatidagi vaqt - Cronning takroriy davri (qancha da bir ishlashligi).
  • Urunishlar soni - Urinishlar soni agar 0 bo'lsa davomiy bo'ladi.
  • Kod turi - Cron kodi turi 3 xil turi mavjud:
    1. SQL
    2. Request API
    3. JS Eval
  • Log darajasi - Loglarning yoqilganligi va ularning qamrovi darajasi
  • group_by - Cronlarni guruhlash

Cron yangi cron qo'shish modal

  • Request API - Qaysi API ga murojaat qilish kerakligini belgilash
  • Methods - API type lari GET, PUT, DELETE, POST
  • Content_type - Api dagi content turi (odatda aplication/json fomati ko'p ishlatiladi).
  • Header - Key va valuelar odatda so'rovning Avtorizatsiya va Headerda yuborilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar yoziladi.
  • Key - Header uchun kalit (masalan, Authorization)
  • Value - Header uchun qiymat (masalan, JWT token qiymati)

Cron yangi cron qo'shish modal kod turi SQL 1

  • Datasource - Qaysi turdagi ma'lumotlar ombori bilan ishlanishi (Postgres yoki Clickhouse)
  • SQL - strukturalashgan so'rovlar (query lar)

Cron SQL orqali bajarish kerak bo'lsa kod turi bo'limidan SQL-Ma'lumotlar omboriga so'rov tanlanadi va kerakli bo'limlarni to'ldirib chiqiladi.

Cron yangi cron qo'shish kode turi SQL 2

Cron API orqali bajarish kerak bo'lsa kod turi bo'limidan Request API-Tashqi APIga so'rov tanlanadi va kerakli bo'limlar to'ldirib chiqiladi.

Cron yangi cron qo'shish kode turi Request API

Cron JS Eval orqali bajarish kerak bo'lsa kod turi bo'limidan JS Eval-JavaScript kodeni bajarish tanlanadi va kerakli bo'limlar to'ldirib chiqiladi.

Cron yangi cron qo'shish kode turi JS Eval

Asosiy ma'lumotlar quyidagi yacheykalardan iborat:


  • Nomi (birinchi yacheyka) - cronni nomlaysiz;
  • CRON formatidagi vaqt (ikkinchi yacheyka) - siz yozgan kod ni siz belgilagan vaqtda ishlatish;
js
// misol uchun
* * * * *            // har bir minutda
*/30 * * * *         // har 30-minutda
30 16 * * *          // har kuni 16:30 da
30 16 2 * *          // har oyni 2-sanasida 16:30 da
30 16 2 11 *         // har yili noyabr oyining 2-sanasida 16:30 da
30 16 * 11 Mon-Fri   // har yili noyabr oyining Dushanbadan jumagacha hafta kunlarining 16:30 da
  • Urunishlar soni (uchinchi yacheyka) - agar qandaydir xatolik sodir bo'lib ishlamay qolsa n marotaba qayta urinib ko'rish;
js
// misol uchun
0 // tanlansa cronda xatolik sodir bo'lsa ham cronni o'chirmaydi va bajarishni davom etadi
3 // 3 marta urinib ko'radi
5 // 5 marta urinib ko'radi
  • Kod turi (to'rtinchi yacheyka):
    1. SQL - ma'lumotlar omboriga aloqador so'rovni amalga oshirish.
    2. Request - tashqi va Platon URL ga so'rovnoma jo'natish.
    3. JS Eval - JavaScript kodeni bajarish.

Qo'shimcha ma'lumotlar


Cron (Schedule) ning vazifasiga keladigan bo'lsak har bir kod larda qo'yiladigan yulduzlarni qanday farqlash.

  • Maydon yulduzcha (*) bo'lishi mumkin, bu har doim "birinchi-oxirgi" degan ma'noni anglatadi. "Oy kuni" yoki "hafta kuni" maydonlari uchun yulduzcha o'rniga savol belgisi (?) qo'llanilishi mumkin.

  • Raqamlar diapazonlari chiziqcha (-) bilan ajratilgan ikkita raqam bilan ifodalanadi. Belgilangan diapazon o'z ichiga oladi.

  • /n bilan diapazondan yoki (*) keyin raqam qiymatining diapazon bo'ylab oralig'ini belgilaydi.

  • Inglizcha nomlar "oy" va "hafta kuni" maydonlari uchun ham ishlatilishi mumkin. Muayyan kun yoki oyning birinchi uchta harfidan foydalaning (holat muhim emas).

  • "Oy kuni" va "hafta kuni" maydonlarida "oxirgi" degan ma'noni anglatuvchi L harfi bo'lishi mumkin va har bir sohada har xil ma'noga ega.

  • "Oy kuni" maydonida L *"oyning oxirgi kuni" degan ma'noni anglatadi. Agar manfiy ofset (ya'ni L-n) bo'lsa, bu "oyning n-dan oxirgi kuni" degan ma'noni anglatadi. Agar keyin W (ya'ni LW) bo'lsa, bu "oyning oxirgi ish kuni" degan ma'noni anglatadi.

  • "Hafta kuni" maydonida L "haftaning oxirgi kuni" degan ma'noni anglatadi. Agar raqam yoki uch harfli nom (ya'ni dL yoki DDDL) bilan prefiks bo'lsa, bu "oydagi d (yoki DDD) haftasining oxirgi kuni" degan ma'noni anglatadi.

Cron qo'shimcha ma'lumot

Cron (Schedule) har bir yulduz lar qanday axamiyatga ega:


  • birinchi yulduz sekund degani;
  • ikkinchi yulduz minut degani;
  • uchinchi yulduz soat degani;
  • to'rtinchi yulduz kun degani;
  • beshinchi yulduz oy degani;
  • oltinchi yulduz hafta degani;
  • yettinchi yulduz yil degani;
  • "0 0 * * * *" = har kunning har bir soatining tepasi.
  • "*/10 * * * * *" = har o'n soniyada.
  • "0 0 8-10 * * *" = har kuni soat 8, 9 va 10.
  • "0 0 6,19 * * *" = har kuni 6:00 va 19:00.
  • "0 0/30 8-10 * * *" = har kuni 8:00, 8:30, 9:00, 9:30, 10:00 va 10:30.
  • "0 0 9-17 * * DUS-JUM" = ish kunlarining to'qqizdan beshgacha
  • "0 0 0 25 12?" = har Rojdestvo kuni yarim tunda

Yanaham to'liqroq ma'lumot olish uchun crontab sahifasiga murojaat qilishimiz mumkin.