Skip to content

Ma'lumotlar ombori nazorati (Database control)

Ushbu bo'lim, yaratilayotgan dastur uchun ma'lumotlar omboriga ulanish va nazorat qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Ma'lumotlar ombori nazorati


Ma'lumotlar ombori nazorati (Database control) bo'limi, dasturchilarga turli xil turdagi yoki turli serverlardagi ma'lumotlar ombori bilan ulanish imkoniyatini beradi. Bu bo'limga o'tish uchun quyidagi ketma-ketlikka amal qilish lozim:

Asosiy oyna -> Tizim sozlamalari -> Ma'lumotlar ombori nazorati

Asosiy oyna

Ma'lumotlar omborini yaratish


Ma'lumotlar omborini qo'shish uchun Database yaratish tugmasi tanlanishi kerak, va shunda ekranda quyidagicha forma hosil bo'ladi:

Yangi forma qo'shish 1

Yangi forma qo'shish 2

Ma'lumotlar ombori turlari

  1. Ma’lumotlar bazasi turini tanlang (Select database type) - tizim 5 turdagi ma'lumotlar ombori bilan ulanish imkoniyatini taqdim etadi:

    1. MySQL - ochiq kodli (Open Source), Oracle korporatsiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan, mashhur relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi (RDBMS) laridan biri.

    2. PostgreSQL - ochiq kodli obyekt-relyatsion ma'lumotlar ombori tizimi. U o'zining ishonchliligi, standartlarga qat'iy rioya qilishi (SQL compliance) va murakkab so'rovlarni hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni samarali qayta ishlashi bilan ajralib turadi. Ko'pincha murakkab backend tizimlarida ishlatiladi.

    3. SQL Server - Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Asosan korporativ muhitda, yirik biznes tizimlarida va .NET texnologiyalari bilan integratsiya qilingan loyihalarda keng qo'llaniladi. Transact-SQL (T-SQL) tilidan foydalanadi.

    4. Clickhouse - Katta hajmdagi ma'lumotlarni real vaqt rejimida analiz qilish (OLAP) uchun mo'ljallangan, ustunli (column-oriented) ochiq kodli ma'lumotlar ombori. U analitik so'rovlarni bajarish tezligi bo'yicha an'anaviy qatorli (row-oriented) tizimlardan (MySQL, Postgres) bir necha barobar tezroq ishlaydi.

    5. Oracle - Oracle korporatsiyasining flagman mahsuloti bo'lib, ishonchli, xavfsiz va keng ko'lamli (scalable) ma'lumotlar ombori hisoblanadi.

  2. Database - Ma'lumotlar ombori nomi;

  3. Name - Yagona (unique) nom, tizim, ushbu nom bilan konfiguratsiya fayl yaratadi, shuning uchun u yagona bo'lishi (takrorlanmasligi) maqsadga muvofiq;

  4. Username - Ma'lumotlar ombori foydalanuvchi nomi;

  5. Parol - Ma'lumotlar ombori foydalanuvchi paroli;

  6. Host - Ma'lumotlar ombori joylashgan host URI si yoki IP manzili;

  7. Port - Ma'lumotlar ombori joylashgan host porti;

  8. JDBC URL - Ma'lumotlar omboriga ulanish uchun avtomatik generatsiya qilinadigan JDBC manzil;

  9. Enable - Yaratilayotgan ma'lumotlar ombori joriy dastur uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni belgilaydigan tugma;

Ma'lumotlar omborini ro'yxati

Ma'lumotlar omborini tahrirlash


Actions bo'limidan, tahrirlash tugmasi (icon) orqali, ma'lumotlar ombori konfiguratsiyasini moslashtirish mumkin:

Ma'lumotlar omborini tahrirlash

Ma'lumotlar omborini o'chirish


Actions bo'limidan, o'chirish tugmasi (icon) orqali, ma'lumotlar ombori konfiguratsiyasini o'chirish mumkin:

Ma'lumotlar omborini o'chirish