Skip to content

Jadvallar

Platon Jadvallar bo'limi haqida umumiy ma'lumotlar


Asosiy ma'lumotlar


Platon platformasi Ma'lumotlari bazasi sifatida PostgreSQL ma'lumotlarni boshqarish tizimini ishlatadi. Ushbu ma'lumotlar bazasi avvaliga Platonning asosiy jadvallar tizimini saqlaydi. Lekin dasturchi o'zi istagan holda be'malol istalgan jadvalini tuzib unda qo'shimcha ma'lumotlarni saqlay olishi mumkin. Platon platformasi esa o'z o'rnida ma'lumotlarni ushbu jadvallar tizimiga saqlash, ulardan ma'lumotlarni chaqirish va ma'lumotlarni tahrirlash vazifasini o'ziga oladi.

Ammo ma'lumotlar soni kattaligi, jadvallar tizimi murakkab bo'lganligi uchun Platon platformasi foydalanuvchiga ushbu ma'lumotlarga Jadvallar bo'limi orqali murojaat qilish qulayligini taklif qiladi.

Jadvallar bo'limining asosiy vazifasi serverda joylashgan katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlab (SQL yoki API yordamida) foydalanuvchi xohishiga binoan kerakli bo'lgan ma'lumotlarni virtual jadvalda aks ettirish hisoblanadi. Bunda dasturchi:

  • bir jadval ma’lumotlarini Platon virtual jadvalida ko’rsatishi mumkin;
  • bir necha Ma’lumotlar bazasidagi jadvallar ma’lumotlarini Platondagi bitta virtual jadvalga yig’ib ko’rsatishi mumkin;
  • bir ma’lumotga tobe bo’lgan boshqa ma’lumotlarni ikkinchi darajali virtual jadvallar asosida aks ettirishi mumkin.

Bo'lim tuzilishi


Virtual jadvallar bilan ishlash uchun dasturchi uchun alohida Jadvallar sahifasi taklif qilinadi. Umuman olganda, jadvallar bilan ishlashda bir necha funksiyalar, sahifalar va oynalar mavjud bo'lib, quyida ushbu elementlar haqida so'z boradi.

Jadvallar sahifasi


Asosiy jadvallar sahifasiga kirganingizda quyidagi ko'rinish ochiladi:

Table Main Page

Ushbu sahifada asosiy e'tibor berishingiz kerak bo'lgan bo'limlar mavjud:

  • Izlash maydoni. Virtual jadvallar orasidan izlashga yordam beradi.
  • Sinxronizatsiyalash tugmasi. Virtual jadvallarni foydalanuvchi ishchi muhiti bilan sinxronizatsiyalashtirib oladi.
  • Jadvallar ro'yhati. Tizimda qo'shilgan barcha jadvallar ro'yhati. Ro'yhatdagi ustunlar havolasini bosganda quyidagilar ochiladi:
    • Nomlanishi. Jadvalni tahrirlash oynasini ochadi.
    • Holati. Jadval ustunlari statusini ko'rsatib turadi (active/hidden/archived).
    • Sarlavhasi. Jadval ustunlari ro'yhatini ochib beradi.
    • Header. Jadvalni ko'rish sahifasini ochib beradi.
    • Darajasi. Jadvallar ierarxiyasini aks ettirib turadi.
    • Vazifalar. Jadvalga oid vazifalar usutuni.
  • Qo'shish tugmasi. Yangi virtual jadval qo'shish oynasini ochib beradi.

Jadval qo'shish / tahrirlash oynasi


Qo'shish tugmasi bosilganidan keyin, platforma sizga yangi jadval qo'shish oynasini ochib beradi:

Add New Table Modal

Maydonlar vazifasi quyida keltiriladi:

  • name. Jadvalning platformadagi murojaat nomi.
  • level. Jadval darajasi (Jadvallar darajalari bo'yicha ushbu sahifada ma'lumot keltirilgan).
  • state. Ko'rinish holati.

INFO

E'tibor bering!
state maydoni Platon konstruktorining barcha elementlarida uchraydi va uch xil ko'rinishda bo'lishi mumkin:

active – joriy elementni tizimda ko'rinuvchi holatga o'tkazadi.
hidden – joriy elementni tizim ichida ko'rinmas holatiga o'tkazadi.
archive – joriy elementni arxivlashtirib qo'yadi.

  • data_source. Ma'lumot manbai.
  • public. Jadvalni ommaviy qilish, ya'ni ro'yhatdan o'tmaganlar uchun ko'rsatish.
  • title. Jadvalning brauzer yorlig'idagi (вкладка) nomi.
  • header. Jadval sarlavhasi.

WARNING

E'tibor bering! Title va Header ma'lumotlari 4 xil holatda to'ldirilishi lozim:
1-uz – O'zbek kirill yozuvida
2-ru – Rus tilida
3-la – O'zbek lotin yozuvida
4-en – Ingliz tilida

  • pagination_size. Ma'lumotlarni sahifalab ajratishda ularning soni.
  • refresh_timeout. Ma'lumotlarni avtoyangilash vaqti.
  • left_fixed. chap tomondan "muzlatilgan" ustunlar soni.
  • right_fixed. o'ng tomondan "muzlatilgan" ustunlar soni.
  • grouping_field. Bir xil ma'lumotlga ega bo'lgan ustun ma'lumotlari bo'yicha guruhlash.
  • fixed_height. Jadval balandligini o'zgarmas qilish.
  • notification_event. Bildirishnoma.
  • datasource. Manba.
  • sql. SQL so'rov.

TIP

Eslatma!
Bu maydon majburiy bo'lib, unda yozilgan SQL so'rov Ma'lumotlar bazasida turuvchi ma'lumotlarni chaqirishga xizmat qiladi.

  • params_sql. sql maydonda kerak bo'ladigan qiymatlar uchun so'rov. Masalan, yangi havola uchun SQL so'rov.

WARNING

Eslatma!
Platon platformasining bir qulayliklaridan biri – havolalar generatsiyasi uchun SQL so'rov yozish qulayligidir. Unga ko'ra Siz SQL so'rov yozgan holda havola parametrlarini generatsiya qildirishingiz mumkin.

Bu qulaylik haqida ko'proq ma'lumotga va tasavvurga ega bo'lish uchun joriy dokumentatsiyadagi Birinchi qadamlar bo'limidagi sodda dasturlar ishlab chiqish qadamlarini ko'rib chiqing.

  • visibility. Foydalanuvchi roleiga qarab ko'rinishni belgilash.
  • js. Jadval uchun JavaScript kod.
  • css. Jadval CSS stili.

Jadval ustunlari sahifasi


Ustunlar sahifasi virtual jadvalda aks ettiriluvchi va shu jadvalga SQL so'rov asosida keluvchi ma'lumotlarni o'zida ko'rsatuvchi ustunlar ro'yxatini ko'rish va boshqarishga yordam beradi.

Bu oynaga quyidagi ketma-ketliklar orqali boriladi:

  1. Asosiy Jadvallar oynasidan Header ustunidagi kerakli jadval tanlash: Jadval header ustuni
  2. Tanlangan jadvaldan Ustunlar tugmasini tanlash: Jadval header ustuni
  3. Jadval ustunlarini taxrirlash oynasi: Jadval header ustuni

Umuman olganda, bu sahifada har bir jadval ustuni haqida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. E'tibor berishingiz lozim bo'lgan asosiy elementlar:

  • **title** ustuni. Ustun ma'lumotlarini tahrirlash oynasini ochadi.
  • **Qo'shish tugmasi.** Yangi ustun qo'shish oynasini ochadi.

Jadval ko'rinishi sahifasi


Bu sahifada tizimga qo'shilgan jadvalni ko'rish mumkin. Uning ko'rinishi jadvaldagi ma'lumotlarga qarab ikki xil ko'rinishda bo'lishi mumkin.

Ustunlar qo'shilmagan Jadval ko'rinishi:Ustunlari yo'q jadval

Ma'lumot yo'q Jadval ko'rinishiMa'lumoti yo'q jadval

To'ldirilgan Jadval ko'rinishiMa'lumoti to'ldirilgan jadval

Jadval sahifasi Sizga natijada to'ldirilgan virtual jadval qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rsatadi. Jadval ostida faqat administratorga ko'rinuvchi boshqaruvchi tugmalar mavjud.

  • Sozlash tugmasi. Ushbu tugmani bosish orqali jadvalni sozlash oynasi ochiladi.
  • Ustun qo'shish tugmasi. Yangi ustun qo'shish oynasi ochiladi.
  • Ustunlar tugmasi. Jadvalga qo'shilgan ustunlarni tahrirlash, ko'rish va o'chirish sahifasi ochiladi.
  • Yangi filter qo'shish tugmasi. Yangi filter qo'shish uchun hizmat qiladi.
  • Filterlar ro'yxati tugmasi. Yaratilgan filterlar ro'yhatini ko'rish, tahrirlash va o'chirish imkoniyati mavjud
  • Yangi tugma qo'shish tugmasi. Jadvalga tugma qo'shish.
  • Tugmalar ro'yxati tugmasi. Tugmalar ro'yhatini ko'rish.

Jadval Ustunlari


Jadval header ustuni

Jadval header ustuni

Jadval qo'shish oynasida quyidagi maydonlar mavjud:

  • table_name. Jadval nomi.
  • parent_id. Ota ustun IDsi.
  • data_field. Ma'lumotlar bazasidagi jadval ustuni nomi.
  • sort_order. Ustunlar orasida tartibni brlgilaydi.
  • state. Ko'rinish holati.

TIP

E'tibor bering!
state maydoni Platon konstruktorining barcha elementlarida uchraydi va uch xil ko'rinishda bo'lishi mumkin:

  • active – joriy elementni tizimda ko'rinuvchi holatga o'tkazadi.
  • hidden – joriy elementni tizim ichida ko'rinmas holatiga o'tkazadi.
  • archive – joriy elementni arxivlashtirib qo'yadi.
  • table_level. Joriy jadval qatlami.
  • link. Ustun ma'lumotlari havola bo'lishi uchun havola. Bu maydonda orqali keyingi forma yoki jadvalga ma'lumot uzatish mumkin.
    (misol uchun: /{link}?bosilganKatakQiymati=@qiymat&querydagiQiymat=#qiymat)
  • visibility. Foydalanuvchi tipiga qarab ko'rinishni belgilash.
  • title. Jadvalning ustuni nomi. Ma'lumotlarni dinamik olib kelish mumkin (:paramdagiMa'lumot)
  • hint. Ustun ma'lumotiga sichqoncha olib borilganida chiquvchi yordamchi ma'lumot.
  • sum. Jadvalning eng oxirgi qatorida umumiy ma'lumot chiqarish. Bu funksiya bilan qatordagi sonlarning qiymatlari yig'indisi va sonini hisoblash mumkin (@_sum va @_count)

WARNING

E'tibor bering!
Title va Hint ma'lumotlari 4 xil holatda to'ldirilishi lozim:
1-uz – O'zbek kirill yozuvida.
2-ru – Rus tilida.
3-la – O'zbek lotin yozuvida.
4-en – Ingliz tilida.

  • width. Ustun kengligi.
  • data_align. Ma'lumotning ustun ichida joylashuvi (Chap, O'rta, O'ng tomon).
  • footer_align. Eng oxirgi qator ma'lumotlarining ustun ichida joylashuvi.
  • value_transformation. JavaScript tilidagi element kodi. Jadval ma'lumotlarini olish (data.ustunQiymati), bosilgan katak qiymatini olish (value)

Ushbu maydonda jadval ustunlari uchun tirli xildagi JavaScript amallarini bajarish mumkin. Hamda ushbu maydonda VUE.JS ning Options API usulidan foydalaniladi.

TIP

Misol uchun!

js
return {
    template:<div> </div>,
    data(){
        return{
        }
    },
    methods: {
    },
    mounted(){
        console.log(q('query_data'))
        // bu yerda q orqali linkdan kelgan malumot ushlanmoqda
    }
  • number_format. Raqamlar formati.
  • color_condition. Shartli rang belgilash.
  • font_color. Matn rangi.
  • background_color. Fon rangi.
  • data_nowrap. footer_nowrap. Matn ustun kengiligiga sig'magan holatda matnni keyingi qatorga o'tkazmaslik.
  • sortable. Ustun bo'yicha saralash.

Jadval Filterlari


Jadval filterlari jadvaldagi katta miqdordagi ma'lumotlar orasidan filterlash qulayligini beradi.

Jadvalga filter qo'shish tugmasi

Jadvalga filter qo'shish formasi

Oynadagi maydonlar:

  • table_name. filterlanuvchi jadval nomi.
  • table_level. ushbu filter jadvalning qaysi qatlamiga ta'sir qilishi.
  • sort_order. boshqa filterlar bilan saralanishi.
  • key. ta'sir qiluvchi ustun nomi.
  • type. filter tipi.
  • title. filter nomi.

WARNING

E'tibor bering!
Title ma'lumotlari 4 xil holatda to'ldirilishi lozim:
title1-uz – O'zbek kirill yozuvida
title2-ru – Rus tilida
title3-la – O'zbek lotin yozuvida
title4-en – Ingliz tilida

  • position. jadvalga nisbatan joylashuv.
  • width. Bootstrap'ning 12 ustunlik tizimida nechta ustun egallashi.
  • default_value. default qiymat.
  • class. CSS class.
  • style. qo'shimcha CSS stillar.
  • visibility. ko'rinish tartibini belgilash.
  • Filterga boshlang'ich malumot qo'shish

Jadval Tugmalari


Jadvalga bog'liq bo'lgan biror vazifani bajarish uchun odatda jadval atrofida tugmalar turadi. Ular Jadvalga yangi ma'lumot qo'shish, yoki mavjud ma'lumotlarni o'zgartirish uchun ishlatiladi.

Jadvalga tugma qo'shish tugamsi

Jadvalga tugma qo'shish formasi

  • table_name. filterlanuvchi jadval nomi.
  • table_level. ushbu filter jadvalning qaysi qatlamiga ta'sir qilishi.
  • sort_order. boshqa filterlar bilan saralanishi.
  • state. ko'rinish holati.
  • type. filter tipi.
  • title. filter nomi.

WARNING

E'tibor bering!
Title ma'lumotlari 4 xil holatda to'ldirilishi lozim:
title1-uz - O'zbek kirill yozuvida
title2-ru – Rus tilida
title3-la – O'zbek lotin yozuvida
title4-en – Ingliz tilida

  • position. jadvalga nisbatan joylashuv.
  • width. Bootstrap'ning 12 ustunlik tizimida nechta ustun egallashi.
  • link. Tugma ochuvchi havola.
  • icon. Tugma ustidagi ikonka.

INFO

Tavsiya! Platon platformasi Sizga tayyor ikonkalar ro'yhatini taklif qiladi. Ularni ko'rish uchun Ctrl + I tugmalar kombinatsiyasini bosing.

  • class. CSS class.
  • style. qo'shimcha CSS stillar.
  • visibility. ko'rinish tartibini belgilash.

Multi Table


Biz sahifalar orqali Platonda mutlitable yani 2 va undan ortiq jadvlallarni tablar orqali ham ishlatishligimiz mumkin bo'ladi.

Masalan ustozlar va o'quvchilar jadvalini bir sahifada tablar oqali chiqarishni ko'rsak: Platonda yangi sahifa ochiladi hamda quydagi tayyor komponentadan foydalanishimiz mumkin.

INFO

Sahifaning Html qismiga:

html
<section class="w-100">
    <multi-table :titles="dataList"
                 :tables="dataTables"
                 main-table="edu-fields"
                 :control-buttons="true"
                 :use_external_buttons="false"
                 :show-header="true"
                 :sperateFilters="true"
                 :useExternalFilters="false">
    </multi-table>
</section>
  • Bu yerda:
  • dataList Tablardagi jadvallar sarlafhasi
  • dataTables Jadvallar listi

INFO

js
    {
    data(){
        return{
            dataList:['Utsozlar', 'Talabalar' ],
            dataTables:['teachers' , 'students']
        }
    }
}