Skip to content

Import

Ushbu bo'lim hujjat shablonlari bilan ishlash va ulardan foydalanish imkonini beradi.

Import


Import bo'limi hujjat shablonlarini kiritish hamda loyihalarda ulardan foydalanish uchun ishlatiladi. Ixtiyoriy loyihalarda bir qator hisobotlarni shakllantirish uchun qo'l keladi.

Import asosiy oyna

Import bo'limida bir qator navigatsiya elementlari mavjud. Bular:

  1. Asosiy oynadagi Import tugmasi orqali asosiy oynaga o'tish.
  2. Import resurslari jadvalida kiritilgan ma'lumotlarni izlash navigatori orqali izlash.
  3. Mavjud ma'lumotlarni Sinxronizatsiyalash qilish tugmasi.
  4. Yangi resurslarni Qo'shish tugmasi.

Import izlash namunasi

Import resurslari ichidan ma'lumotni qidirish uchun izlash navigatoridan foydalanish mumkin. Bunda ma'lumotga tegishli biron bir elementni izlash oynasida yozib, qidirish tugmasi bosiladi. Agar resurslar ro'yxatida mavjud bo'lsa, tizim kiritilgan ma'lumot uchun bir nechta variantlarni chiqarib beradi. Foydalanuvchi shu variantlardan kerakligini tanlab foydalanish uchun ishlatadi.

Import sinxronizatsiya namunasi

Resurslar ro'yxatidagi ma'lumotlarni optimallashtirish uchun Sinxronizatsiyalash tugmasi bosiladi. Bu tugma metodlarga ulangan resurslarni tekshirib ma'lumotni optimallashtirish uchun xizmat qiladi.

Import yangi resource qo'shish 1Import yangi resource qo'shish 2Import yangi resource qo'shish 3

Ixtiyoriy vaqtda import resurslari jadvalidagi ma'lumotlarni qanday shakllanganligini hamda qanday parametrlarni o'z ichiga olishini ko'rishimiz mumkin. Buning uchun yuqoridagi suratlarda ko'rsatilgan ketma-ketliklarni bajarish lozim.

Import qo'shish tugmasi

Import yangi resurs qo'shish formasi

Import yangi resurs qatorlari handler qo'shish

TODO

Please add information for each input and selects. In the old doc has the information about export on the import page?

Amaliy tajriba

Foydalanuvchilar jadvalini amaliy tajribada kiritib ko'ramiz.

  1. Avval import bo'limidan yangi import yaratamiz.

Import yangi import yaratish

  1. Yangi obrabotchik (handler) yaratamiz.

Import yangi handler yaratish

  1. SQL qismini yozamiz: bu yerda @A ,@B, @C, ... excel fayldagi yacheykalar nomlari.

Import handler sql yaratish

  1. Yangi jadval va import tugmasini yaratamiz.

Import jadval va tugma yaratish

  1. Tugmaga import nomini yozamiz.

Import tugmaga nom berish

  1. Tugmani bosamiz va faylni yuklaymiz, Hamda natija tayyor.

Import final result

Barcha kerakli ma'lumotlar tanlanib va to'ldirilib Saqlash tugmasi bosiladi. Shu tariqa eksport uchun kiritilgan ma'lumotlar jadvalda shakllanadi va foydalanish uchun ruhsatga ega bo'lgan ixtiyoriy dasturchi undan foydalanish huquqiga ega bo'ladi.