Store Service
Ushbu mikroservis fayllarni saqlash, yuklash, yangilash, o‘chirish va ma’lumotlarini olish imkonini beradi.
Asosiy Vazifalari
- Fayllarni va kataloglarni olish
- Fayl yoki katalog haqida batafsil ma’lumot olish
- Katalog ichidagi barcha fayllarni va papkalarni ko‘rish
- Fayllarni sahifa bo‘yicha ko‘rsatish
- Yangi fayllarni yuklash
- Fayl nomini yangilash
- Yangi katalog yaratish yoki mavjud katalogni boshqarish
- Fayllarni yoki kataloglarni o‘chirish
Ishlash Printsipi
- Fayllar belgilangan papkada saqlanadi va yo‘llar orqali boshqariladi
- Yuklanayotgan fayllar nomi tozalanadi va kerak bo‘lsa kirill harflari lotin harflariga o‘tkaziladi
- Fayl yoki katalog mavjudligini tekshiradi, mavjud bo‘lsa xatolik beradi
- Faylni olishda, agar fayl rasm bo‘lsa, brauzerda ko‘rsatish, boshqa fayllar uchun esa yuklab olish formatida taqdim etiladi
- Fayl va kataloglar haqida ma’lumot: nomi, yo‘li, o‘lchami, turi va ichidagi elementlar soni qaytariladi
- Fayllarni ko‘rish va sahifalash imkoniyati mavjud
- Har bir operatsiya loglanadi va xatoliklar monitoring tizimiga yuboriladi
Qo‘llab-quvvatlanadigan turlar
- Fayl
- Katalog
Xavfsizlik va xatoliklarni boshqarish
- Fayl yoki katalog topilmasa tegishli xatolik qaytariladi
- Fayl yoki katalog allaqachon mavjud bo‘lsa xatolik bilan qaytadi
- Barcha operatsiyalar loglanadi va tizimda kuzatuv imkoniyati mavjud