Platon platformasidagi Menyu bo'limidan rejalashtirilayotgan web-sahifaning navigatsiya paneli ro'yxatini shakllantirish uchun foydalaniladi. Ushbu shakllantirilgan Navigatsiya paneli (yoki Menyular ro'yxati)ni foydalanuvchi talabiga ko'ra moslashtirish imkoniyati mavjud.
Menyular video darsligi:
Siz tanishib chiqqan Menyular video darsligining yozma qo'llanmasini ko'rib chiqsangiz bo'ladi.
Menyular funksionalini ochish uchun platon platformasining navigatsiya ro'yxatidagi Menyular bo'limiga o'tiladi
Menyular funksionali ochilganidan so'ng platon platformasidagi barcha menyular ro'yxati paydo bo'ladi.
Ushbu ro'yxatning ostida Qo'shish tugmasini bosish orqali menyularni qo'shish/tahrirlash oynasi (forma) ochiladi. Ushbu oyna 2 qism - "Asosiy ma'lumotlar" va "Qo'shimcha ma'lumotlar"dan iborat.
Yaratilgan menyuni o'chirish uchun Menyu bo'limi ochilib, menyu tanlab olinadi va oyna (forma) pastida joylashgan O'chirish va To'liq o'chirish tugmalari navbatma-navbat bosiladi:
parent
- web-sahifaning navigatsiya panelida ushbu navigatsiya ro'yxatidagi boshqa menyularni(agar mavjud bo'lsa) o'z ichiga oluvchi bosh menyu. Misol uchun Legolas - parentga, Jon_Snow, o'quvchilar, Muammolar, Grafika, Yaman, Nomzodlar - childga misol bo'la oladi.
sort_order
- yacheykasida yaratilgan menyuga tartib raqam beriladi. Ushbu tartib raqam platon platformasi tomonidan avtomatik tarzda generatsiya qilinadi. Menyular o'zlarining tartib raqamlari ketma-ketligida navigatsiya panelida joylashadi.
// misol uchun
100471
state
- formadagi state yacheykasi yaratiladigan menyu holatini aks ettirish uchun ishlatiladi. Menyularni zaruratdan kelib chiqib 3 xil holatga o'tkazish mumkin:
archived
- yaratilgan menyu arxivlanib qo'yiladi va web-sahifada aks ettirilmaydi;hidden
- yaratilgan menyu foydalanuvchiga ko'rsatilmasdan yashirilib qo'yiladi va web-sahifada aks ettirilmaydi;active
- yaratilgan menyu aktiv holatda bo'ladi va web-sahifada aks ettiriladi, web-sahifa barcha foydalanuvchilar uchun ko'rinadi; // misol uchun
Archived
Hidden
Active
link
- ushbu yacheykaga web-sahifa manzili (ssilkasi) kiritiladi. Yaratilayotgan menyuni bosish orqali ushbu manzilga o'tiladi.
// misol uchun
tables/user_list
name1,name2,name3,name4
- ushbu yacheykalarga menyuda yozishda foydalaniladigan tillar kiritiladi:
name1 - lotin alifbosidagi o'zbek tili;
name2 - kirill alifbosidagi o'zbek tili;
name3 - kirill alifbosidagi rus tili;
name4 - lotin alifbosidagi ingliz tili;
// misol uchun
Foydalanuvchilar, Фойдаланувчилар, Пользаватели, Users.
Qo'shimcha ma'lumotlar quyidagi yacheykalardan iborat:
visibility
- ushbu yacheykaga yaratilayotgan menyuga kirish huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchilar kiritiladi.
// misol uchun
$user.has_perm('platon.admin') || $user.has_perm('platon.users')
badge
- ushbu yacheykadan menyu haqida qo'shimcha ma'lumot kiritish uchun foydalaniladi. Xabarlar manzili bilan SELECT komandasi orqali bog'laniladi.
style
- ushbu yacheyka yaratilayotgan menyu ko'rinishi (fon rangi, matnlar parametrlari va boshqalar) o'zgartirish uchun ishlatiladi. Ushbu yacheykada quyidagi kabi komandalardan foydalanish mumkin:
// misol uchun
background-color: #242d37;
color: #545454;
icon
- ushbu yacheyka Navigatsiya panelidagi yaratilayotgan Menyu oldidagi rasmli belgi ("ikonka")ni qo'yish uchun ishlatiladi:
"icon" yacheykasiga Ctrl+i komandasini bajarish orqali mavjud "ikonka" ro'yxatini ko'rish mumkin.