Platon – bu low-code platforma hisoblanib, yirik elektron axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini tez, sifatli, qo‘shimcha sarf-xarajatlarsiz ishlab chiqish, boshqa axborot tizimlari bilan bog‘lash hamda mustaqil takomillashtirib borishga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar to‘plami (platon.uz platformasi).
Low-code platforma — bu biror axborot tizimini ishlab chiqishda iloji boricha kam kod yozishga yordam beruvchi, lekin shu bilan birga istalgan murakkablikdagi tizim arxitekturasini ishlab chiqishga yordam beruvchi tizimdir.
Dasturlash tillarini mukammal bilish shart emas
Platformada ish olib boruvchi odam dasturlashni mukammal bilishi talab etilmaydi, chunki aksariyat amallarning barchasi platforma tomonidan avtomatik ravishda bajariladi.
Ishlarning o’ta tez bajarilishi
Ortiqcha kod yozish talab etilmaganligi tufayli bajariluvchi ishlar odatiy dasturlashdan uch-besh barobar tez bajariladi.
Qo’shimcha xarajatlar talab etilmasligi
Aksariyat amaliyotlar faqat bir platforma tomonidan bajarilganligi tufayli, dasturlash bosqichida katta jamoa talab etilmaydi. Shuning uchun loyihaga ortiqcha xarajatlar talab etilmaydi.
Shaxsiy dizayn va biznes-maqsadlarni qo'llash qulayligi
No-code dasturlash uslubidan farqli, Low-code uslubda kerakli joylarda Foydalanuvchi o'z kodini tizimda bemalol qo'llashi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqariluvchi axborot tizmi qulay va boshqariluvchan bo'ladi.
Kam vaqt sarflanishi
Bu platforma orqalik, 3-6 oyni egallovchi qiyin jarayonlarni, 5-10 baravar tezroq bajarish mumkin.
Yuqori sifat
Axborot tizimini loyihalashtirishdan boshlab, tizimdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani yozishgacha, RealSoft kompaniyasi tomondan eng tajribali mutaxassislar jalb etiladi.
Moslashuvchanlik
Ushbu platformada yaratilgan axborot tizimiga keyinchalik o‘z mutaxassislari tomonidan istalgancha qo‘shimcha va o‘zgarishlarni mustaqil kiritish mumkin bo'ladi.
Ko‘p tillilik
Ushbu platformada yaratilgan axborot tizimidan 4 ta tilda (ўзбек, o‘zbek, rus, ingliz) parallel foydalaniladi.
Foydalanuvchi Platonda bemalol ishlay olishi uchun u ma'lum ko'nikmalarga ega bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ular:
Platon Platformasi dasturchi avvaldan ishlab chiqgan ma’lumotlar omboriga ulana oladi. Buning uchun dasturchi Platon tomonidan avvaldan taklif qilinuvchi ma’lumotlar bazasiga kerakli jadvallarani tuzib olishi lozim bo’ladi. Bunda Platforma PostgreSQL ma’lumot bazalari boshqaruv tizimini (MBBT) ishlatadi. huning uchun dasturchidan PostgreSQLning quyidagi mavzularini bilish tavsiya etiladi:
SELECT
INSERT
UPDATE
DELETE
VIEW
va MATERIALIZED VIEW
COUNT
, MAX
, MIN
, SUM
va boshqalar)CASE ... WHEN
, COALESCE
)JOIN
)PROCEDURE
) va Funksiyalar (FUNCTION
)Platon platformasi frontend qismi VueJS yordamida ishlab chiqilgan. Shunig uchun agar dasturchi VueJS sintaksisini bilsa, uning uchun frontendda qo’shimcha qulayliklar paydo bo’ladi.
Albatta, Platon taklif qiluvchi Vue sintaksisi ma’lum darajada soddalashtirilgan bo’ladi, va dasturchi Vue yordamida yoziluvchi standart amaliyotlarni bajarishi shart bo’lmaydi. Bunda Platonning low-code uslubi yaqindan yordam beradi.
Ma’lum forma va tugmalar joylashuvi, dizaynini belgilashda, Platon sahifalari bilan ishlashda dasturchi bazaviy HTML/CSS bilimlariga ega bo’lishi lozim. Asosiy kerak bo'lgan tushunchalar:
Platon Platformasi dasturchi uchun o’ta qulay bo’lgan API bilan ishlash vositalarini taklif qiladi. Bunda dasturchidan ma’lum darajada API metodlari qanday ishlashini tushunish talab etiladi.
Platon API dasturchiga nafaqat ichki resurslarga, balki tashqi resurslarga ham murojaat qilish, ma’lumot yuklash va saqlash qulayliklarini taklif qiladi.
Platonda qurilgan har bir tizim o'zining texnik yordam guruhiga ega va siz quyidagi kontaktlar orqali ular bilan bog'lanishingiz mumkin.
¶ E'tibor qarating
Ushbu ma'lumotlarga qo'shimcha ravishda, Platon o'zining maxsus texnik yordam guruhiga ega
+998 (71) 205-84-84,
t.me/realsoftuzb