Istalgan dasturiy ta’minot bir necha funksional bo’limlardan tashkil topgan bo’ladi. Odatda bu bo’limlarga kirish, umumiy hamma resurslar ro’yhatini ko’rsatishda asosiy menyudan foydalaniladi. Platon platformasi dasturchi uchun juda qulay va mukammal menyu konstruktorini taklif qiladi. Ushbu bo’limda Veb-dasturga menyu qo’shish, uni tahrirlash va ko’rinishlarini boshqarish bo’yicha ma’lumotlar beriladi.
Menyular bo'limiga o'tish uchun yon menyudagi Menyular bo'limini tanlashingiz lozim.
Menyular sahifasiga kirganingizda quyidagi sahifa ochiladi.
Ushbu sahifada e'tibor berilishi lozim bo'lgan qismlar:
tugmasi bosilganida quyidagi oyna ochiladi:
parent. Ota menyu bo'limini ko'rsatish uchun.
sort_order. Saralash tartibi.
badge_type. Menyu haqidagi ma'lumotlarni olib kelish uchun ishlatiladi. Buni ikki xil yo'l bilan ishlatish mumkin:
state. Ko'rinish holati.
E'tibor bering!
state
maydoni Platon konstruktorining barcha elementlarida uchraydi va uch xil ko'rinishda bo'lishi mumkin:
active
– joriy elementni tizimda ko'rinuvchi holatga o'tkazadi.hidden
– joriy elementni tizim ichida ko'rinmas holatiga o'tkazadi.archive
– joriy elementni arxivlashtirib qo'yadi.
pages/users
,forms/add_user
,tables/users
Qo'shimcha ma'lumot!
Ushbu maydonga foydalanuvchilarning ruxsati yoki id siga qarab boshqa boshqa saxifalarni ochish shartlarini ham berishimiz mumkin. Masalan:
Ruxsati admin bo'lgan foydalanuvchilar uchun users sahifasi , ruxsati admin bo'lmagan foydalanuvchilar uchun esa boshqa sahifani ochishimiz kerak bo'lsa,
ya'ni:
bjs: ($user.has_perm('admin')) ? 'pages/users': 'pages/user2'
Bu holatda ushbu menyuga bosilganda ruxsati admin bo'lgan foydalanuvchilar uchun users sahifasi ochiladi, aks holda esa user2 sahifasi ochiladi.
Qo'shimcha ravishda fjs: funksiyasi orqali javascriptning boshqa shartlarini ham ishlatishimiz mumkin
Ya'ni
fjs: (() => { shartlar va return })();
E'tibor bering!
name1, name2, name3 va name4 ma'lumotlari 4 xil holatda to'ldirilishi lozim:
name1
– O'zbek kirill yozuvida
name2
– Rus tilida
name3
– O'zbek lotin yozuvida
name4
– Ingliz tilida
Qo'shimcha ma'lumot!
Ushbu maydonda ham link singari $user orqali foydalanuvchi ma'lumotlarini olamiz. Masalan:$user.has_perm('admin')
Ya'ni bu menyu faqat admin bo'lgan foydalanuvchilarga ko'rinadi.
Muhim eslatma!
Bu cheklovlar platon adminlar uchun ishlamaydi.
Qo'shimcha ma'lumot!
Platon platformasida avvaldan icon rasmlari kiritilgan bo'lib, ularni Ctrl + I klaviatura kombinatsiyasini bosgan holda ko'rishingiz mumkin.
Menyular bo'limi bir qancha qo'shimcha qulayliklarni taklif qiladi. Quyida uchbu qulayliklar haqida gap boradi.
Ogohlantirish!
Misol sifatida keltiriluvchi Ichki menyular qo'shish qo'llanmasida havolalar qo'llanilmaydi. Shunig uchun har bir menyu bo'limida link maydoni bo'sh qoldirilgan.Bu misolda asosiy e'tibor
parent
maydonini ishlatishga qartilgan.
Menyular panelida dasturchi bir nechta menyuni ma'lum bir menyu ostida birlashtira oladi. Buning uchun bir menyu ichiga boshqa bir menyuni parent
sifatida ko'rsatish kifoya. Quyida ushbu holat ko'rsatib o'tiladi.
Natijada menyular sahifasi Sizfa bunday ko'rinishga ega bo'lishi lozim:
Menyu bo'limi biror sahifaga yuborishi uchun uni qo'shish vqtida link
maydoni to'ldirilishi kerak. Havolalar bir necha xil bo'lishi mumkin:
forms/reports
tables/products
pages/index
https://google.com
Menyuda quyidagi rasmda ko'rsatilganidek yorliq qo'yish qulayligi mavjud. Bunda Menyu qo'shish oynasidagi badge
maydoni to'ldirilishi maqsadga muvofiqdir.
Eng asosiy talab – bu badge
maydonini SQL so'rov orqali ko'rsatishdir. Ya'ni ushbu maydonda Siz Ma'lumotlar bazasidan biror ma'lumotni SQL so'rov sifatida olib kelishingiz mumkin.
Misol uchun:
SELECT COUNT(id) FROM users
. Ushbu so'rov foydalanuvchilar sonini olib keladi.
Bundan tashqari Siz oddiy matnni ham yorliq sifatida ko'rsatishingiz mumkin. Buning uchun badge
maydonida, misol uchun: SELECT 'new'
degan yozuvni yozishingiz mumkin. Shunda Siz tanlagan menyu bo'limi yonida new yozuvi paydo bo'lib qoladi.